Malayziya mo‘jizalari: Kuala-Lumpurdan Langkavigacha

Loading available options...

Umumiy ma'lumot

  • Davomiyligi:8 kun 4 tun
  • Mehmonlar soni:1 - 30
  • Turi:Tur paketlar
Malayziya – Sharq va G‘arb madaniyatlari qo‘shilgan, zamonaviy osmono‘par binolar va qadimiy ibodatxonalar yonma-yon joylashgan betakror mamlakat. Bu tur davomida siz poytaxt Kuala-Lumpurning yorqin hayoti, mashhur Petronas minoralari va rang-barang bozorlarini ko‘rasiz.

Shuningdek, Penang va Langkavi orollarida dam olib, tropik tabiat, oppoq plyajlar va dengiz sarguzashtlaridan bahramand bo‘lasiz. Malayziya nafaqat sayohat, balki madaniy kashfiyot hamdir!
Ko'proq ko'rsatish

Diqqatga sazovor joylar

  • Kuala-Lumpur – Petronas egizak minoralari, Batu g‘orlari
  • Penang – Jonli Jorj Taun, ko‘cha san’ati va gastronomiya
  • Langkavi oroli – plyajlar, kanat yo‘li va Sky Bridge ko‘prigi
  • Tropik tabiat va sharqona mehmondo‘stlik
  • Malayziya oshxonasining noyob ta’mlari

Narxga kiritilgan / kiritlmagan

  • Aviabiletlar
  • Aeroport kutib olish
  • Mehmonxonada turar joy
  • Kunlik nonushta
  • Ekskursiya dasturlari bo‘yicha transfer
  • Professional gid xizmatlari
  • Shaxsiy xarajatlar
  • Viza

Tur programmasi

Kengaytirish

1-kun

Kuala-Lumpurga yetib kelish, mehmonxonaga joylashish, shahar bo‘ylab kechki sayr.

2-kun

Petronas minoralari, Batu g‘orlari va milliy muzeyga ekskursiya.

3-kun

Penang oroliga parvoz, Jorj Taun va ko‘cha san’ati bo‘yicha sayohat.

4-kun

Penang gastronomik safari va plyajda hordiq.

5-kun

Langkaviga jo‘nab ketish, Sky Bridge va tropik tabiatni tomosha qilish.

6-kun

Langkavida erkin kun – plyaj dami yoki qo‘shimcha ekskursiyalar.

7-kun

Kuala-Lumpurga qaytish va xarid qilish uchun vaqt.

8-kun

Aeroportga transfer va uyga qaytish.

Ko'p beriladigan savollar

Malayziyaga viza kerakmi?

Ha, o‘zbekistonlik fuqarolar uchun elektron viza olinadi.

Qaysi mavsumda borish eng qulay?

Malayziyada yil davomida sayohat qilish mumkin, ammo noyabr–mart oylarida ob-havo yanada qulayroq.

Oziq-ovqat musulmonlar uchun halalmi?

Ha, Malayziyada keng ko‘lamda halal restoranlar mavjud.

Narxga aviabilet kiritilganmi?

Yo‘q, aviabiletlar alohida hisoblanadi.

Turni bron qilish

O'xshash turlar