Turkiya qadimiy tarix, musulmon madaniyati va zamonaviy dam olishni o‘zida mujassam etgan noyob davlatdir. Ushbu ekskursiya davomida siz Istanbulning tarixiy diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilish, Bosfor bo'ylab sayohat qilish va Antaliyaning go'zal plyajlarida dam olish imkoniga ega bo'lasiz.
Sayohat davomida siz qadimiy masjidlar, saroylar va bozorlarni ko'rasiz va sharqona mehmondo'stlikni his qilasiz. Antaliyada esa moviy dengiz sohilida hordiq chiqarib, tabiatning betakror go‘zalligidan bahramand bo‘lasiz.