Malayziya – Sharq va G‘arb madaniyatlari qo‘shilgan, zamonaviy osmono‘par binolar va qadimiy ibodatxonalar yonma-yon joylashgan betakror mamlakat. Bu tur davomida siz poytaxt Kuala-Lumpurning yorqin hayoti, mashhur Petronas minoralari va rang-barang bozorlarini ko‘rasiz.
Shuningdek, Penang va Langkavi orollarida dam olib, tropik tabiat, oppoq plyajlar va dengiz sarguzashtlaridan bahramand bo‘lasiz. Malayziya nafaqat sayohat, balki madaniy kashfiyot hamdir!